Grass Ultra 10% em.k
| Ta'sir qiluvchi moddasi: | Pinoxaden 100 g/l Cloquintocet-mexyl Antidot 12,5 g/l |
|---|---|
| Preparat shakli: | Emulsiya konsentrati |
| Ta'sir etish mexanizmi: | tizimli (sistemali) |
| Xavflilik darajasi: | 3-sinf |
| Qadog'i: | 1l; 5l |
Tavsif: Preparat kuzgi va bahorgi bug’doyzorlarda bir yillik boshoqli begona o’tlarga qarshi samarali qo’llaniladi. Jumladan: yovvoyi so’li (oq bosh), kurmak, tulki quyruq va raygrass kabi begona o’tlarni yo’qotishda tavsiya etiladi. Preparatni qo’llashda maxsus qo’shimcha “Silwett Ultra” 1 litrga 1 litr miqdorda birgalikda qo’llanilishi shart.
Sarf me'yori va qo'llanilishi:
| Ekin turi | Begona o'tlar turi | Sarf me'yor l/ga | Mavsumda qo'llash |
|---|---|---|---|
| Bug'doy | Bir yillik boshoqli begona o’tlarga qarshi (raygrass, yovvoyi suli) | 0,7-1,0 | 1 |
Afzalliklari: – Bug’doy ekinlarida boshoqli begona o’tlarga qarshi kurash uchun yaxshilangan selektiv gerbitsid.
– Tarkibida antidot borligi preparat ta’sir kuchini oshiradi.
– Takroriy yoki almashib ekishda navbatdagi ekin uchun zararli ta’sirini yo’qligi.
– Begona o’tlarning faol o’sishi ishlov berishdan so’ng bir necha soat ichida to’xtaydi.
Qo’llash bo’yicha qoidalar: Purkagich baki yarimigacha suvga to’ldiriladi, aralashtirgich yoqiladi.
Grass Ultra qo’shiladi, aralashtirish davomida bak to’ldiriladi.
So’ng Maxsus Kley – “Silwett Ultra” (1 L/ga) qo’shiladi. Eritma shu kuni ishlatiladi.
Nozullar: 110-03/110-04, bosim 2–3 bar. Harakat tezligi va purkash balandligi barqaror bo’lishi kerak
Texnik tavsiyalar: Optimal harorat: +10°C – +28°C Minimal harorat: +5°C | Suv sarfi: Kamida 250-300 L/ga | Yomg’irga chidamlilik: 4–6 soatdan keyin | Shamol tezligi: ≤ 4 m/s Traktor tezligi: 5–6 km/soat | Tuproq turi: Nam, ammo suv bosmagan bo’lishi kerak.
