Casper Ultra 10% em.k

Ta'sir qiluvchi moddasi:Clodinafop-propargyl 240 g/l+Antidot Cloquintocet-mexyl 60 g/l
Preparat shakli:Emulsiya konsentrati
Ta'sir etish mexanizmi:tizimli (sistemali)
Xavflilik darajasi:3-sinf
Qadog'i:1l; 5l

Tavsif: Casper Ultra 30% em.k – kuzgi va bahorgi bug’doyzorlarda uchraydigan bir yillik  boshoqli begona o’tlarga  qarshi samarali hisoblanib yovvoyi so’li, kurmak, tulki quyruq, ko’p gulli mastak, qo’ng’ir bosh kabi begona o’tlarni kuchli nazorat qiluvchi sistemali gerbitsid.

Casper Ultra 30% em.k – ekinning poyasi  va  bergi  orqali tez so’rilib,  ekin ichida  teng  tarqaladi. Ishlov  berishni  ekinning rivojlanish fazasiga bog’liq bo’lmagan holda, begona o’tlarning 2-3 barg fazasidan boshlab qo’llash mumkin. 

Ikki pallali begona o’tlarga qarshi gerbitsidlar bilan birgalikda qo’llash mumkin.

Sarf me'yori va qo'llanilishi:
Ekin turiBegona o'tlar turiSarf me'yor l/gaQo'llash usuli
Kuzgi bug'doy va arpaBir yillik boshoqli begona o’tlarga qarshi (yovvoyi so’li, kurmak va h.k)0,160-0,250G’alla unib chiqqandan so’ng begona o’tlarning boshlang’ich o’suv davrida qo’llaniladi.
Afzalliklari:

– Bug’doy ekinlarida boshoqli begona o’tlarga qarshi kurash uchun yaxshilangan selektiv gerbitsid. Ikki pallali begona o’tlarga qarshi gerbitsidlar bilan qo’llash mumkin;

– Tarkibida antidot borligi preparatning ta’sir kuchini  ortiradi;

– Takroriy yoki almashib ekishda navbatdagi ekin uchun zararli ta’sirini yo’qligi;

– Begona o’tlarning faol o’sishi ishlov berishdan so’ng bir necha soat ichida to’xtaydi;

– Boshoqli begona o’tlarning butunlay nobud bo’lishi 10-20 kun davomida sodir bo’ladi; 

Texnik tavsiyalar: Optimal harorat: +10°C – +28°C Minimal harorat: +5°C | Suv sarfi: Kamida 250-300 L/ga | Yomg’irga chidamlilik: 4–6 soatdan keyin | Shamol tezligi: ≤ 4 m/s Traktor tezligi: 5–6 km/soat | Tuproq turi: Nam, ammo suv bosmagan bo’lishi kerak.