Dinamyte Ultra cf 50% s.e

Ta'sir qiluvchi moddasi:Dicamba 500 g/l
Preparat shakli:Suvli eritma
Ta'sir etish mexanizmi:tizimli (sistemali)
Xavflilik darajasi:3-sinf
Qadog'i:1l; 5l

Tavsif: Bug’doy ekilgan maydonlarda unib chiqayotgan bir yillik va ko’p yillik ikki pallali begona o’tlarga (gandumak, qushqo’nmas, ot quloq, qo’ytikon, qorasho’ra, yovvoyi turp, olabo’ta, achchiq miya, jag’-jag’, yulduz o’t)larga qarshi kurashda qo’llaniladigan selektiv gerbitsid.

Sarf me'yori va qo'llanilishi:
Ekin turiBegona o'tlar turiSarf me'yori l/gaQo'llash muddati
Bug'doyBir yillik ikki pallali begona o’tlar (gandumak, ja’g-jag’, qo’ytikon, yulduz o’t)0,5-0,8Bug’doyni tuplash fazasida qo’llaniladi
Arpa0,5-0,8

Texnik tavsiyalar: Optimal harorat: +10°C – +28°C Minimal harorat: +5°C | Suv sarfi: Kamida 250-300 L/ga | Yomg’irga chidamlilik: 4–6 soatdan keyin | Shamol tezligi: ≤ 4 m/s Traktor tezligi: 5–6 km/soat | Tuproq turi: Nam, ammo suv bosmagan bo’lishi kerak.

E’tibor berish kerak bo’lgan jihatlar: Yomg’irdan keyin 2–3 kun ichida sepish samarali. Preparatniquruq tuproqqa sepmang – samaradorligi pasayadi.

Kuchli yomg’ir ta’sir qatlamni yuvib yuborishi mumkin. O’simlik chiqqandan keyin sepilsa, bargda kuyish bo’lishi mumkin.

Ta’sir etish tezligi: Preparat begona o’tlarga qo’llanilgandan so’ng 4 soat ichida ta’sir etib begona o’tlarning nobud bo’lishi birinchi kunida to’xtaydi, begona o’tlar nobud bo’lishining dastlabki belgilari ( barglarning burishishi, yuqori qismi zararlanishi o’sish nuqtasi oqarishi) ob-havo sharoitiga qarab 10-15 kundan keyin kuzatiladi.