Dynamec Ultra 6% em.k
| Ta'sir qiluvchi moddasi: | Abamectin 40 g/l +Acetamiprid 20 g/l |
|---|---|
| Preparat shakli: | Emulsiya konsentrati |
| Xavflilik darajasi: | 3-sinf |
| Qadog'i: | 500ml; 100ml |
Dynamec Ultra 6% em.k – zamonaviy ikki komponentli insektoakaritsid bo’lib, o’simliklarga zarar yetkazuvchi so’ruvchi hashorotlar (shira, trips, oqqanot) va o’rgimchakkanalarga (akaralarga) qarshi yuqori samaradorlikka ega. Preparatning tarkibidagi “abamectin” asab tizimiga ta’sir ko’rsatib, zararkunandalarning oziqlanish va harakatlanishini to’xtatadi, ularning nobud bo’lishiga olib keladi. Acetamiprid – esa tizimli harakatga ega bo’lib, butun o’simlik bo’ylab tarqalib yashirin joylardagi zararkunandalarga ham ta’sir qiladi.
