Grass Ultra 10% em.k

Ta'sir qiluvchi moddasi:Pinoxaden 100 g/l Cloquintocet-mexyl Antidot 12,5 g/l
Preparat shakli:Emulsiya konsentrati
Ta'sir etish mexanizmi:tizimli (sistemali)
Xavflilik darajasi:3-sinf
Qadog'i:1l; 5l

Tavsif: Preparat kuzgi va bahorgi  bug’doyzorlarda bir  yillik boshoqli begona o’tlarga  qarshi samarali qo’llaniladi. Jumladan: yovvoyi so’li (oq bosh), kurmak, tulki quyruq va raygrass kabi begona o’tlarni yo’qotishda tavsiya etiladi. Preparatni qo’llashda maxsus qo’shimcha “Silwett Ultra” 1 litrga 1 litr miqdorda birgalikda qo’llanilishi shart.

Sarf me'yori va qo'llanilishi:
Ekin turiBegona o'tlar turiSarf me'yor l/gaMavsumda qo'llash
Bug'doyBir yillik boshoqli begona o’tlarga qarshi (raygrass, yovvoyi suli)0,7-1,01

Afzalliklari: – Bug’doy ekinlarida boshoqli begona o’tlarga qarshi kurash uchun yaxshilangan selektiv gerbitsid.

– Tarkibida antidot borligi preparat ta’sir kuchini oshiradi.

– Takroriy yoki almashib ekishda navbatdagi ekin uchun zararli ta’sirini yo’qligi.

– Begona  o’tlarning  faol  o’sishi ishlov berishdan so’ng bir necha soat ichida to’xtaydi.

Qo’llash bo’yicha qoidalar: Purkagich baki yarimigacha suvga to’ldiriladi, aralashtirgich yoqiladi.

Grass Ultra qo’shiladi, aralashtirish davomida bak to’ldiriladi.

So’ng Maxsus Kley – “Silwett Ultra” (1 L/ga) qo’shiladi. Eritma shu kuni ishlatiladi.

Nozullar: 110-03/110-04, bosim 2–3 bar.  Harakat tezligi va purkash balandligi barqaror bo’lishi kerak

Texnik tavsiyalar: Optimal harorat: +10°C – +28°C Minimal harorat: +5°C | Suv sarfi: Kamida 250-300 L/ga | Yomg’irga chidamlilik: 4–6 soatdan keyin | Shamol tezligi: ≤ 4 m/s Traktor tezligi: 5–6 km/soat | Tuproq turi: Nam, ammo suv bosmagan bo’lishi kerak.