Tebun Ultra 40% em.k
| Ta'sir qiluvchi moddasi: | Propiconazole 200 g/l+Tebuconazole 200 g/l |
|---|---|
| Preparat shakli: | Emulsiya konsentrati |
| Ta'sir etish mexanizmi: | tizimli (sistemali) |
| Xavflilik darajasi: | 3-sinf |
| Qadog'i: | 1l; 5l |
G’alla ekinlarida uchraydigan zang, septarioz, un shudring va boshqa shu kabi zamburug’li kasalliklarga qarshi qo’llaniladigan yuqori samarali fungitsid.
Tebun Ultra – o‘simlikka tez singuvchi sistemik fungitsid bo‘lib, zamburug‘ kasalliklarini to‘xtatadi va davolaydi, u asosan • Zanglar (Puccinia spp.)• Un shudring (Blumeria, Erysiphe, Leveillula spp) • Barg dog‘lari (Alternaria, Bipolaris, Cercospora spp) kasalliklar uchun eng samarali hisoblanadi.
Preparat bug’doy, arpa, sholi, ayrim sabzavotlarda kerakli tavsiyalar asosida qo‘llaniladi. Zang, un shudring, barg dog‘lari va boshqa asosiy zamburug‘ kasalliklarining oldini olish va ularni nazorat qilishda yetakchi fungitsidlardan biri, kasallikning dastlabki belgilari paydo bo‘lganda yoki profilaktika sifatida ishlatiladi.
Sarf me'yori va qo'llanilishi:
| Ekin turi | Kasallik turi | Sarf me'yor l/ga | Qo'llash usuli |
|---|---|---|---|
| Bug'doy | Un shudring, qo’ng’ir va sariq zang, sariq dog’lanish, septarioz | 0,15-0,2 | 2 |
