Agro-Gibb Ultra 25% TABL
| Ta'sir qiluvchi moddasi: | Gibberellic acid 250 g/kg |
|---|---|
| Preparat shakli: | Tabletka |
| Ta'sir etish mexanizmi: | O'sish regulyatori ( gormonal ta'sir ) |
| Xavflilik darajasi: | III-sinf |
| Qadog'i: | 5 gr |
Tavsif:
AGRO-GIBB ULTRA 25% — o’simliklarning o’sishi va rivojlanishini faollashtiruvchi yuqori samarali o’sish regulyatori. Preparat hujayra bo’linishi va cho’zilishini jadallashtiradi, gullash va meva bog’lanishini yaxshilaydi hamda hosilning sifati va hajmini oshiradi.
Uzum, mevali daraxtlar (olma, nok, gilos, shaftoli), sabzavotlar (pomidor, bodring, kartoshka, piyoz), paxta, don va manzarali o’simliklarda qo’llaniladi.
Urug’ va tuganaklarning faol rivojlanishini ta’minlaydi, meva va tuganak o’lchamini oshiradi, pishishni muvofiqlashtiradi hamda o’simliklarning stress omillariga chidamliligini kuchaytiradi.
Sarf me'yori va qo'llanilishi:
| Ekin turi | Begona o'tlar turi | Sarf me'yor l/ga | Qo'llash usuli |
|---|---|---|---|
| Tok (Vítis vinífera) | O'simlikning o'sishi va rivojlanishini jadallashtirish hamda hosildorligini oshirish | 60 g/ga | O'simlikning gullash davrida 1 marta purkaladi |
Afzalliklari:
- AGRO-GIBB ULTRA 25%, tabl
- Hosildorlik va hosil sifatini oshirishga yordam beradi.
- Olma, o‘rik, shaftoli va uzumda gullash, meva tugish va yiriklashishni rag‘batlantiradi.
- Kartoshka va piyozning o‘sishini jadallashtiradi.
Texnik tavsiyalar: Optimal harorat: +10°C – +28°C Minimal harorat: +5°C | Suv sarfi: Kamida 250-300 L/ga | Yomg’irga chidamlilik: 4–6 soatdan keyin | Shamol tezligi: ≤ 4 m/s Traktor tezligi: 5–6 km/soat | Tuproq turi: Nam, ammo suv bosmagan bo’lishi kerak.
